Jobster alternativasi — TopKan HR CRM
Jobster nima?
Jobster (jobster.uz, hozir jobster.hr) — O'zbekistondagi nomzodlarni kuzatish tizimi (ATS). O'z saytida o'zini ommaviy yollash uchun tizim deb ataydi; asosiy sohalari — tibbiyot, ta'lim, distribyutsiya, chakana savdo, ishlab chiqarish va umumiy ovqatlanish.
Narxlar (Jobster sotuv bo'limi ma'lumoti, oktyabr 2026; jobster.hr saytidagi «Tariflar» bo'limida eski narxlar turibdi): har bir o'rin uchun alohida, oyiga — HR xodimi 410 ming so'm, rekruter 820 ming so'm, menejer (bot orqali ishlaydi) 75 ming so'm, bundan tashqari xizmat ko'rsatish ~1,5 mln so'm. Masalan, 1 HR + 2 rekruter + 20 filial menejeri o'rinlari ≈ 3,55 mln so'm oyiga (xizmat haqisiz). Taqqoslash uchun: TopKan Pro — oyiga 990 ming so'm, oyma-oy to'lanadi, 20 ta faol vakansiya, 5 ta jamoa a'zosi, oyiga 1000 ta AI baholash va hh.uz integratsiyasi; filial menejerlari Telegram orqali ishlaydi va a'zolar limitiga kirmaydi.
Ochiq manbalar, 22-oktabr 2026 holatiga: jobster.hr — rasmiy sayt, jobster.hr — tariflar. Ma'lumot eskirgan bo'lsa, bizga yozing — tuzatamiz.
TopKan nimasi bilan farq qiladi
O'zbek tilida, narxlar so'mda
Interfeys o'zbek, rus va ingliz tillarida. Tariflar so'mda, bosh sahifada ochiq ko'rsatilgan — narxni so'rab yozish shart emas.
Telegram orqali ariza
Nomzod vakansiyaga saytdagi forma orqali yoki TopKan Telegram boti orqali ariza beradi: ism, telefon (Telegram tasdiqlaydi), rezyume — hammasi bot ichida.
Rezyumelarni AI baholaydi
Har bir ariza vakansiya talablariga qarab 0–100 ball oladi: har bir ko'nikma bo'yicha alohida baho, qisqa xulosa va xavf belgilari. Nomzodlar ball bo'yicha saralanadi.
Har kanalga alohida havola
Bitta vakansiyaning Telegram kanal, Instagram, LinkedIn yoki tavsiya uchun alohida havolalari bo'ladi — qaysi kanaldan qancha va qanday nomzod kelgani tahlilda ko'rinadi.
Kanban, suhbatlar va xatlar bitta joyda
Bosqichlar (o'zingiz sozlaysiz), suhbat rejalashtirish va eslatmalar, nomzodga xat yozish, onboarding — Excel va chat yozishmalarisiz.
Ommaviy yollash va katta jamoa uchun ham
Bir vakansiyaga yuzlab ariza kelsa: nomzod Telegram bot orqali 1–2 daqiqada ariza beradi, saralash savollari mos kelmaydiganlarni avtomatik rad etadi (AI sarflanmaydi), qolganlari AI reytingida tartiblanadi, bosqich va xat ommaviy o'zgartiriladi. Bir nechta rekruter va filial uchun: rollar va ruxsatlar, har vakansiyaga mas'ul xodim, umumiy kanban, rekruterlar hisoboti, xodim so'rovini tasdiqlash. Katta kompaniyalar uchun limitlar kelishiladi.
Qachon Jobster yaxshiroq mos keladi
Har bir tizimning kuchli tomoni bor. Tanlashdan oldin o'z jarayoningizni (bir oyda nechta vakansiya, nomzodlar qayerdan keladi, kim baholaydi) ikkala tizimda sinab ko'ring.
Savollar
TopKan katta kompaniya va ommaviy yollash uchun mosmi?
Ha. Ommaviy yollash uchun — Telegram bot orqali ariza, avtomatik rad etish, AI reyting, ommaviy amallar va avtomatika qoidalari; katta jamoa uchun — rollar, mas'ul xodimlar, rekruterlar hisoboti, API va webhook'lar. Vakansiya, a'zo va AI baholash limitlari katta kompaniya uchun kelishiladi.
TopKan'ni qanday sinab ko'rsa bo'ladi?
Ro'yxatdan o'ting — kompaniya hisobi darhol ochiladi, birinchi vakansiyani yaratib havolani ulashishingiz mumkin. Demo kerak bo'lsa, bosh sahifadagi forma orqali so'rang.
Ommaviy yollashda AI baholash qanday yordam beradi?
Yuzlab ariza kelganda har birini o'qib chiqish shart emas: AI har bir arizani talablar bo'yicha baholaydi, siz yuqoridagilardan boshlaysiz. Saralash savollari bilan mos kelmaydiganlar avtomatik rad etiladi.
Jobster'dan TopKan'ga o'tish qanchalik qiyin?
1-noyabr 2026 gacha: Jobster'dan o'tayotgan kompaniyalar bir yilga to'lasa, 2 oy sovg'a qilinadi — 12 oy Pro 10 oy narxiga (9,9 mln so'm); nomzodlar bazasini rezyumelari bilan o'zimiz ko'chirib beramiz, birinchi vakansiya va Telegram botni birga sozlaymiz. Batafsil — demo formasi yoki Telegram orqali.
TopKan'ni o'zingiz sinab ko'ring
Ro'yxatdan o'ting, birinchi vakansiyani yarating va havolani ulashing — arizalar kelishi bilan AI ularni baholaydi.