Yo'riqnoma
TopKan'dan qanday foydalanish — vakansiya ochishdan xodimni ishga olishgacha. Har bo'limda qisqa video bor.
1.Boshlash: ro'yxatdan o'tish va kompaniya sozlamalari
5 daqiqada ishga tayyor bo'lasiz: hisob oching, kompaniya ma'lumotlari va Telegram xabarnomalarini sozlang.
Qadamlar
- 1topkan.uz → «Kirish» → «Ro'yxatdan o'tish» → «HR menejer». Email va parol bilan yoki Google/LinkedIn orqali kiring — kompaniyangiz avtomatik yaratiladi.
- 2Chap menyu → Sozlamalar → «Kompaniya profili»: kompaniya nomi va logotipini kiriting.
- 3Telegram xabarnomalari: Telegram'da @topkan_bot'ni oching va /id deb yozing — bot sizning chat ID'ingizni yuboradi. Butun jamoa ko'rishi uchun guruh oching, botni qo'shing va guruhda /id@topkan_bot yozing.
- 4ID'ni «Telegram chat ID» maydoniga yozing → «Saqlash» → «Test». Guruhga sinov xabari kelsa, hammasi tayyor.
- 5«Kunlik xulosa» — har kuni tanlangan soatda Telegram'ga qisqa hisobot: yangi arizalar, bugungi suhbatlar, qotib qolgan nomzodlar.
- «Qotib qolgan» chegarasi (sukut bo'yicha 7 kun) — nomzod bosqichda shuncha qimirlamasa kanban kartasi sariq/qizil bo'ladi.
- Profil rasmi va ismingizni chap pastdagi menyu → «Profil» orqali o'zgartirasiz.
2.Vakansiya yaratish va e'lon qilish
Vakansiya matni, talablar va ariza savollari — AI nomzodlarni aynan shu talablar bo'yicha baholaydi.
Qadamlar
- 1«Yangi vakansiya» tugmasi (chap menyuda yoki Dashboard'da).
- 2Nom, tavsif, ish turi, joylashuv va maosh oralig'ini kiriting. «Mas'ul xodim» — vakansiya kimga biriktirilgani (kanban filtri shunga qarab ishlaydi).
- 3«AI» belgili bo'limlar — talab qilinadigan ko'nikmalar (muhimligi bilan), tajriba yili, tillar. AI ball aynan shular bo'yicha hisoblanadi.
- 4Ariza savollari: ha/yo'q, variantli, matn yoki video-javob. «Rad etish sharti» qo'ysangiz (masalan, «Toshkentda yashaysizmi? — Yo'q»), bunday javob bergan nomzod avtomatik rad etiladi va AI'ga yuborilmaydi.
- 5Saqlang, so'ng vakansiya sahifasida «E'lon qilish» — vakansiyaning ochiq havolasi yaratiladi.
- Tez-tez takrorlanadigan savollarni Sozlamalar → «Ariza savollari» bankiga saqlang: «Avtomatik» belgilanganlari har yangi vakansiyaga o'zi qo'shiladi.
- Birinchi ariza kelgach nom, tavsif va talablar qulflanadi (hamma bir xil mezon bilan baholansin). Maosh, joylashuv va savollar o'zgaradi.
4.hh.uz rezyume bazasidan nomzod topish
Otklik kutib o'tirmaysiz: vakansiyangizga mos rezyumelar hh.uz bazasidan TopKan ichida chiqadi, yoqqanini bitta tugma bilan olasiz.
Qadamlar
- 1Avval kompaniyangizning hh.uz ish beruvchi akkauntini ulang: Sozlamalar → «Integratsiyalar» → «hh.uz bilan ulash».
- 2E'lon qilingan vakansiyani oching → «Tashqaridan» yorlig'i. hh.uz bazasidan mos rezyumelar chiqadi: lavozim, yosh, shahar, tajriba, oxirgi ish joyi, kutgan maosh.
- 3Vakansiya hh.uz'dagi vakansiyangizga bog'langan bo'lsa, mos nomzodlarni hh.uz'ning o'zi tanlaydi; bog'lanmagan bo'lsa — vakansiya nomi va shahri bo'yicha qidiriladi.
- 4Ro'yxat ostidagi «Yana ko'rsatish» — keyingi 20 ta nomzod. Ro'yxatni ko'rish hh.uz limitingizni sarflamaydi.
- 5Yoqqan nomzodda «TopKan'ga olish» → tasdiq oynasida bugungi qolgan ko'rish limiti ko'rinadi → «Ha, olish». Nomzod ismi, telefoni va rezyumesi bilan shu vakansiyaga ariza bo'lib tushadi.
- 6Olingan nomzodda tugma «Arizani ochish»ga aylanadi. «hh.uz'da ochish» — rezyumeni hh.uz saytida ko'rish.
- Har olingan nomzod hh.uz'da 1 ta kontakt ko'rish hisoblanadi (tarifingizga ko'ra). Shuning uchun avval bepul ro'yxatdan saralab, keyin faqat keraklilarini oling.
- Bir marta olingan nomzod qayta bosilsa, hh.uz'ga so'rov ketmaydi va limit sarflanmaydi.
5.Arizalarni ko'rib chiqish: AI ball va tezkor ko'rish
Nomzodlar AI ball bo'yicha tartiblanadi — eng mosini birinchi ko'rasiz.
Qadamlar
- 1Vakansiya sahifasi → «Nomzodlar» yorlig'i. Ko'rilmagan arizalar qalin va nuqta bilan belgilangan.
- 2Qatorni bosing — o'ngda tezkor ko'rish oynasi: AI ball, xulosa, mos va yetishmayotgan ko'nikmalar, savollarga javoblar, rezyume.
- 3Klaviatura: J / K — keyingi / oldingi nomzod, 1–9 — shu raqamli bosqichga o'tkazish, O — to'liq sahifa, Esc — yopish.
- 4«Rezyume» tugmasi — faylni tizim ichida ochadi (PDF va Word), yuklab olish ham mumkin.
- 5Filtrlar: ism/telefon bo'yicha qidiruv, bosqich, baholash holati, minimal ball.
- Bir nechta nomzodni belgilab, birdaniga boshqa bosqichga o'tkazish yoki xat yuborish mumkin (ommaviy amallar).
6.Bosqichlar va Kanban
Nomzodning qayerdaligini bir qarashda ko'rasiz; kartani sudrab keyingi bosqichga o'tkazasiz.
Qadamlar
- 1Chap menyu → «Kanban». Yuqorida vakansiya va mas'ul xodim bo'yicha filtr.
- 2Kartani sudrab boshqa ustunga tashlang. Bosqichda to'ldiriladigan maydonlar bo'lsa (masalan, «Taklif qilingan maosh»), oyna ochiladi.
- 3Kartadagi «N kun» — nomzod shu bosqichda qancha turibdi: sariq — yarim chegara, qizil — «qotib qolgan».
- 4📌 tugmasi — nomzodni ustun tepasiga qadash (butun jamoa ko'radi).
- 5Ko'chirgandan keyin chiqadigan «Nomzodga xabar berish» tugmasi — nomzodga Telegram orqali holat xabari (faqat siz bossangiz yuboriladi).
- 6Bosqichlarni o'zgartirish: Sozlamalar → «Pipeline» — nom, rang, tartib, turi (faol / rad etilgan / ishga olingan) va har bosqichda so'raladigan maydonlar.
- 7Turli yo'nalishlar uchun alohida voronka: Sozlamalar → «Pipeline» → «Voronka qo'shish» (masalan, o'qituvchilar va sotuv uchun). Vakansiya yaratishda «Voronka» tanlanadi, kanban tepasida voronkalar orasida almashasiz.
- 8Mavjud vakansiyani boshqa voronkaga o'tkazish: vakansiyani tahrirlash → «Voronka» yonidagi «Voronkani almashtirish». Nomzodlar yangi voronkaning siz tanlagan bosqichlariga ko'chadi (faol — faolga, rad etilgan — rad etilganga).
- Orqaga qaytarishda (masalan, «Suhbat»dan «Yangi»ga) tizim tasdiq so'raydi — tasodifiy ko'chirishning oldi olinadi.
7.Suhbatlar va baholash (scorecard)
Suhbat tayinlash, nomzodga taklif, eslatmalar va har bir suhbatdoshning bahosi — bir joyda.
Qadamlar
- 1Ariza sahifasi → «Suhbat tayinlash»: sana, vaqt, format (onlayn/ofis), suhbatdoshlar. «Taklif yuborish» belgilansa nomzodga kalendar fayli bilan xat ketadi.
- 2«Vaqt tanlashga taklif» — bir nechta bo'sh vaqt taklif qilasiz, nomzod o'ziga qulayini havola orqali tanlaydi.
- 3Eslatmalar avtomatik: nomzodga 24 soat va 1 soat oldin, suhbatdoshlarga 1 soat oldin; suhbatdan keyin baho qo'ymaganlarga Telegram eslatma.
- 4Suhbat kartasi → «Suhbatni boshlash» (savollar to'plami bo'lsa): savollar birma-bir, 1–6 tugmalari bilan baholanadi, oxirida natija va tavsiya.
- 5Savollar to'plami: Sozlamalar → «Suhbat to'plamlari» — savollar, variantlar, ball, og'irlik va o'tish chegarasi.
- Google Calendar ulansa (Sozlamalar → Integratsiyalar), suhbat kalendaringizga o'zi tushadi va Google Meet havolasi yaratiladi.
8.Nomzodga xat va shablonlar
Nomzodga tizim ichidan xat yozing — tarix ariza sahifasida saqlanadi.
Qadamlar
- 1Ariza sahifasi → «Xat yozish»: shablonni tanlang yoki o'zingiz yozing. {{candidateName}}, {{vacancyTitle}} kabi o'rinlar avtomatik to'ldiriladi.
- 2Shablonlar: Sozlamalar → «Xat shablonlari» — rad etish, taklif, suhbatga taklif va boshqalar.
- 3Nomzodni «Rad etilgan» bosqichiga o'tkazsangiz, rad etish xatini yuborish taklif qilinadi; «Ishga olingan»da — taklif xati.
- 4O'z pochtangizni ulash (Sozlamalar → Integratsiyalar → «Pochta»): xatlar sizning manzilingizdan ketadi va nomzod javoblari ariza sahifasida ko'rinadi.
9.Nomzodlar bazasi, rezyume yuklash va dublikatlar
Barcha vakansiyalardan kelgan nomzodlar bitta bazada — keyingi vakansiyalarga qayta foydalaning.
Qadamlar
- 1Chap menyu → «Nomzodlar»: ism, telefon, lavozim, ko'nikma, shahar va teg bo'yicha qidiruv.
- 2«Rezyume yuklash» — 50 tagacha PDF/Word faylni birdaniga yuklang: tizim ism, telefon, email, lavozim va ko'nikmalarni o'zi ajratadi va bazaga qo'shadi (xohlasangiz — vakansiyaga ham).
- 3Nomzodni belgilab «Vakansiyaga qo'shish» — mos yangi vakansiyaga bir bosishda.
- 4Yangi vakansiya e'lon qilinganda tizim bazadan mos nomzodlarni o'zi taklif qiladi.
- 5«Dublikatlar» — bir odamning bir necha yozuvi (turli email/telefon formatida) topiladi va birlashtiriladi.
- 6«Telegram xabar» — bot orqali ariza bergan nomzodlarga ommaviy xabar (masalan, yangi vakansiya haqida).
10.Onboarding: ishga olingandan keyin
Nomzod «Ishga olingan» bosqichiga o'tgach, onboarding doskasida paydo bo'ladi.
Qadamlar
- 1Chap menyu → «Onboarding»: Hujjatlar → Birinchi kun → Sinov muddati → Moslashdi.
- 2Har bosqichda nomzoddan so'raladigan anketa (hujjat rasmlari, karta raqami va h.k.) — nomzodga havola ketadi, u hisobsiz to'ldiradi.
- 3HR to'ldiradigan maydonlar (masalan, «Birinchi ish kuni», manzil) va nomzodga avtomatik xat — Sozlamalar → Pipeline → Onboarding bosqichlari.
11.Jamoa va rollar
Hamkasblarni taklif qiling va kim nima qila olishini belgilang.
Qadamlar
- 1Sozlamalar → «Jamoa» → «Taklif qilish»: email va rol. Taklif havolasi chiqadi — uni hamkasbingizga yuboring (7 kun amal qiladi).
- 2Rollar: «Egasi» (hamma narsa), «Rekruter» (sukut) yoki o'zingiz yaratgan rol — Sozlamalar → «Rollar»da har bir huquq alohida belgilanadi.
- 3Xodimni chiqarish — uning yozuvlari (izohlar, vakansiyalar) saqlanadi, faqat kirishi yopiladi.
- Xavfsizlik uchun: xodim o'zida yo'q huquqni boshqaga bera olmaydi, «Egasi» roliga faqat egasi tegadi.
12.Analitika
Voronka, ishga olish tezligi, kanallar samaradorligi va har bir rekruter natijasi.
Qadamlar
- 1Chap menyu → «Analitika»: davr va vakansiya bo'yicha filtr.
- 2Voronka — har bosqichga nechta nomzod yetib kelgani; bosqichda o'rtacha qancha turishi.
- 3Kanallar — qaysi havoladan qancha ariza va qanday o'rtacha ball.
- 4Rekruterlar jadvali — har bir xodimning vakansiyalari, ko'chirishlari, suhbatlari, ishga olganlari va qotib qolgan nomzodlari.
13.Avtomatika
Takrorlanadigan ishlarni qoidaga topshiring.
Qadamlar
- 1Sozlamalar → «Avtomatika» → yangi qoida.
- 2Hodisa: AI baholash tugadi (ball oralig'i bilan), savol bo'yicha rad etildi yoki nomzod bosqichda N kun turib qoldi.
- 3Amal: boshqa bosqichga o'tkazish, shablon xat yuborish, HR'ga Telegram xabar.
- Masalan: «Ball 85+ bo'lsa → «Suhbat» bosqichiga o'tkaz va HR'ga xabar ber».
14.Hisob xavfsizligi
Parol, kirish usullari va faol qurilmalar.
Qadamlar
- 1Chap pastdagi menyu → «Xavfsizlik va kirish».
- 2Parol o'rnatish yoki almashtirish (Google bilan kirgan bo'lsangiz ham — boshqa qurilmadan email va parol bilan kira olasiz).
- 3Google / LinkedIn'ni ulash yoki uzish — kamida bitta kirish usuli doim qoladi.
- 4Faol sessiyalar — qaysi qurilmalardan kirilgan; tanimaganini darhol chiqaring.
Ko'p beriladigan savollar
AI ball qanday hisoblanadi?
Har bir ariza vakansiyadagi talablar (ko'nikmalar, tajriba, til) bilan solishtiriladi va 0–100 ball, qisqa xulosa, mos va yetishmayotgan ko'nikmalar beriladi. Ball tavsiya — yakuniy qarorni siz qabul qilasiz.
Vakansiya matnini nega o'zgartirib bo'lmayapti?
Birinchi ariza kelgach nom, tavsif va talablar qulflanadi — aks holda oldingi va keyingi nomzodlar turli mezon bo'yicha baholangan bo'lardi. Joylashuv, maosh va savollarni o'zgartirish mumkin. Mezonni butunlay o'zgartirish kerak bo'lsa — yangi vakansiya oching.
Nomzodga xabar avtomatik ketadimi?
Yo'q. Bosqich o'zgarganda nomzodga xabar faqat siz «Nomzodga xabar berish» tugmasini bossangiz ketadi. Rad etish va taklif xatlari ham siz tanlaganingizda yuboriladi.
Telegram xabarlari kelmayapti
Sozlamalar → Kompaniya profili → «Telegram chat ID» to'ldirilganini tekshiring va «Test» tugmasini bosing. Guruh bo'lsa, bot guruhdan chiqarib yuborilmaganiga ishonch hosil qiling.
Tarif limiti tugasa nima bo'ladi?
Hech narsa o'chmaydi. Faqat yangi amal (masalan, yangi vakansiya e'lon qilish) cheklanadi va tizim tarifni ko'rishni taklif qiladi. AI limiti tugasa arizalar baribir qabul qilinadi, faqat ballsiz qoladi.
Parolni unutdim yoki faqat Google bilan kirgandim
Kirish sahifasida «Parolni unutdingizmi?» → emailingizga havola keladi va yangi parol o'rnatasiz. Google/LinkedIn bilan kirgan bo'lsangiz ham shu yo'l bilan parol qo'yib, istalgan qurilmadan kira olasiz.
Savol qoldimi?
Yozing — tez javob beramiz. Qanday funksiya kerakligini ham aytib qo'ying.