Maxfiylik siyosati
Oxirgi tahrir: 22.11.2026
Ushbu siyosat «DEVLINE» MCHJ (STIR 312677883; bundan keyin «Biz») topkan.uz manzilidagi «TopKan» platformasi, uning Telegram boti va xatlari orqali qaysi shaxsiy ma'lumotlarni to'plashi, ulardan qanday foydalanishi va qanday himoya qilishini tushuntiradi.
Platforma ish beruvchilar (kompaniyalar) uchun xodim tanlash tizimi. Nomzod ariza topshirganda uning ma'lumotlari o'sha kompaniyaga yetkaziladi: bu ma'lumotlarga nisbatan kompaniya ma'lumotlar egasi, Biz esa uning topshirig'i bilan ishlovchi hisoblanamiz. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq qayta ishlanadi.
1. Qaysi ma'lumotlarni to'playmiz
- 1.Nomzodlardan: ism-familiya, e-mail, telefon raqami, rezyume fayli va undagi ma'lumotlar, ariza savollariga javoblar (video-javob bo'lsa — video), qo'shimcha xat, LinkedIn profili havolasi, Telegram orqali topshirilganda Telegram chat identifikatori.
- 2.Kompaniya xodimlaridan (HR foydalanuvchilar): ism, e-mail, kompaniya nomi, profil rasmi, hisobga kirish ma'lumotlari (parol faqat shifrlangan xesh ko'rinishida saqlanadi).
- 3.Kompaniya va nomzod o'rtasidagi yozishmalar: platforma orqali yuborilgan xatlar va nomzodning ularga javoblari.
- 4.Texnik ma'lumotlar: IP-manzil, brauzer turi, kirish sanasi — xavfsizlik va xizmat barqarorligi uchun. Vakansiya sahifasi ko'rilganini hisoblashda IP-manzil ochiq saqlanmaydi, faqat bir tomonlama xesh ishlatiladi.
- 5.Google yoki LinkedIn orqali kirilganda — ular bergan ism, e-mail va profil rasmi.
- 6.Kompaniya o'zining hh.uz ish beruvchi akkauntini ulagan bo'lsa — shu kompaniya hh.uz'dan o'z akkaunti nomidan olgan ma'lumotlar: vakansiyasiga kelgan otkliklar va kompaniya xodimi rezyume bazasidan tanlab olgan rezyumelar (ism, kontaktlar, ish tajribasi, ta'lim, rezyume fayli). Bu ma'lumotlarni faqat o'sha kompaniya ko'radi.
2. Ma'lumotlardan nima uchun foydalanamiz
- 1.Nomzod arizasini u topshirgan kompaniyaga yetkazish va ishga qabul jarayonini yuritish (bosqichlar, suhbatlar, onboarding).
- 2.Nomzodga ariza bo'yicha xatlar yuborish: suhbatga taklif va eslatmalar, ariza holati, taklif yoki rad javobi, onboarding anketasi. Bu xatlar faqat nomzodning o'z arizasi bilan bog'liq; biz reklama va marketing xatlari yubormaymiz.
- 3.Rezyumeni vakansiya talablariga moslik bo'yicha sun'iy intellekt yordamida baholash. Baho faqat kompaniyaga yordamchi ko'rsatkich; qarorni har doim kompaniya xodimi qabul qiladi.
- 4.Platformaning xavfsizligi, suiiste'mollarning oldini olish, xatoliklarni aniqlash va texnik yordam.
- 5.Qonun talablarini bajarish.
3. Ma'lumotlarni kim ko'radi
- 1.Nomzod arizasini faqat u ariza topshirgan kompaniyaning xodimlari ko'radi. Har bir kompaniyaning ma'lumotlari alohida saqlanadi; boshqa kompaniya ularni ko'ra olmaydi.
- 2.Biz ma'lumotlarni sotmaymiz, ijaraga bermaymiz va reklama maqsadida uzatmaymiz.
- 3.Xizmatni ko'rsatish uchun zarur bo'lgan provayderlar ma'lumotlarni faqat bizning topshirig'imiz bilan qayta ishlaydi: server va fayl ombori (bulutli hosting), xat yuborish (Brevo, Fransiya), nomzodlarning javob xatlarini qabul qilish (Amazon Simple Email Service), Telegram (bot orqali xabarlar), sun'iy intellekt provayderi (rezyumeni baholash uchun — rezyume matni va vakansiya talablari yuboriladi), Google/LinkedIn (faqat ular orqali kirilganda), parol xavfsizligini tekshirish (Have I Been Pwned — yangi parol sizib chiqqan parollar bazasida bormi; parolning o'zi ham, to'liq xeshi ham yuborilmaydi, faqat xeshning dastlabki 5 belgisi).
- 4.Vakolatli davlat organlariga — faqat qonunda belgilangan asos va tartibda.
4. Xatlar va ulardan voz kechish
- 1.Platforma xatlari nomzodning arizasi bo'yicha kompaniya nomidan yuboriladi va har birining pastida nega kelgani yoziladi.
- 2.Har bir xatda «Xat olishni to'xtatish» havolasi bor. Uni bosgach bu manzilga platformadan boshqa xat yuborilmaydi (kerak bo'lsa, o'sha sahifada qaytarish mumkin). Gmail va boshqa pochta xizmatlaridagi «Obunani bekor qilish» tugmasi ham shunday ishlaydi.
- 3.Xatga javob yozish mumkin — javob kompaniyaning HR xodimiga yetib boradi.
- 4.Xat manzilga yetib bormasa yoki spam deb belgilansa, bu manzilga boshqa xat yuborilmaydi.
5. Saqlash muddati
- 1.Ariza ma'lumotlari kompaniya hisobi faol bo'lgan davrda yoki kompaniya ularni o'chirguncha saqlanadi.
- 2.Kompaniya hisobi o'chirilganda uning ma'lumotlari 30 kun ichida o'chiriladi, qonunda saqlash majburiyati bo'lgan hollar bundan mustasno.
- 3.Tugallanmagan yuklamalar (ariza topshirilmay qolgan rezyume yoki video) 48 soatdan keyin avtomatik o'chiriladi.
- 4.Xavfsizlik jurnali (hisobga kirishlar, muvaffaqiyatsiz urinishlar, sessiya yopilishi: vaqt, IP-manzil, brauzer, IP bo'yicha taxminiy mamlakat va shahar) 1 yil saqlanadi, so'ng avtomatik o'chiriladi. Uni faqat platforma administratori ko'radi.
- 5.Zaxira nusxalari shifrlangan holda saqlanadi va muntazam ravishda almashtiriladi.
6. Himoya
- 1.Barcha ulanishlar HTTPS (TLS) orqali shifrlanadi; parollar faqat xesh ko'rinishida saqlanadi; tashqi xizmatlar kalitlari shifrlangan.
- 2.Fayllar ochiq havola bilan emas, faqat qisqa muddatli imzolangan havola orqali ochiladi.
- 3.Xodimlar ma'lumotlarga faqat rol va ruxsatlari doirasida kiradi; faol sessiyalarni ko'rish va yopish mumkin.
- 4.Hisobga yangi qurilmadan kirilganda e-mailingizga xabar yuboriladi («Bu men emasman» tugmasi barcha sessiyalarni yopadi); yangi qurilma boshqa mamlakatdan ham bo'lsa, kirish e-mailga yuborilgan kod bilan tasdiqlanadi. IP-manzilning joylashuvi serverimizdagi ma'lumotlar bazasidan aniqlanadi — IP-manzil tashqi xizmatlarga yuborilmaydi.
7. Sizning huquqlaringiz
- 1.O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlar bilan tanishish, ularni tuzatish yoki o'chirishni talab qilish.
- 2.Ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilikni qaytarib olish va xat olishdan voz kechish.
- 3.So'rovni ariza topshirgan kompaniyaga yoki bizga — info@topkan.uz manziliga yuboring. So'rov 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
- 4.Nomzod kabineti bo'lsa, profil ma'lumotlari va rezyumeni o'zi tahrirlashi mumkin.
8. Cookie va brauzer xotirasi
- 1.Biz reklama yoki kuzatuv cookie'larini ishlatmaymiz.
- 2.Brauzer xotirasida (localStorage) faqat ishlash uchun zarur ma'lumotlar saqlanadi: kirish tokeni, tanlangan til va mavzu, ariza allaqachon topshirilgani haqidagi belgi.
- 3.Ochiq sahifalarga kirishlar qaysi manbadan kelgani bo'yicha sanaladi (havoladagi belgi yoki brauzer aytgan sayt nomi). Bunda cookie ishlatilmaydi va uchinchi tomon xizmatiga ma'lumot yuborilmaydi; IP-manzil saqlanmaydi, faqat tashrifchini sutkada bir marta sanash uchun uning qaytarib bo'lmaydigan xeshi 24 soat turadi. Aniqlangan manba nomi brauzeringiz xotirasida 30 kungacha saqlanadi va kompaniya ro'yxatdan o'tganda unga yoziladi.
9. Yakuniy qoidalar
- 1.Platforma 16 yoshga to'lmagan shaxslar uchun mo'ljallanmagan.
- 2.Siyosat o'zgarsa, yangi tahrir shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.
Bog'lanish
- Tashkilot
- «DEVLINE» MCHJ
- STIR
- 312677883
- Manzil
- Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Qatortol MFY, 9-mavze, 1-b uy
- Telefon
- +998 90 819 97 51
- info@topkan.uz
- Sayt
- https://topkan.uz