hh.uz va TopKan: farqi nimada va birga qanday ishlatiladi

hh.uz nima?

hh.uz — HeadHunter'ning O'zbekistondagi ish sayti. 2025-yil III choragida unda 33 mingdan ortiq faol vakansiya bo'lgan, ularning qariyb 82% Toshkentda.

Ish beruvchi vakansiyani alohida-alohida sotib oladi, rezyume bazasiga kirish ham alohida pullik. Rasmiy e'lon qilingan oxirgi narxlar (2023-yil 1-yanvardan): «Standart» vakansiya — 66 000 so'm, «Standart Plus» — 113 000 so'm, «Premium» — 146 000 so'm.

Ochiq manbalar, 22-oktabr 2026 holatiga: hh.uz — 2023-yil narxlari, Spot.uz — 2025-yil III chorak vakansiyalari. Ma'lumot eskirgan bo'lsa, bizga yozing — tuzatamiz.

TopKan nimasi bilan farq qiladi

  • TopKan ish sayti emas — nomzodlar bilan ishlash tizimi

    hh.uz nomzodni olib keladi. TopKan esa qayerdan kelganidan qat'i nazar — Telegram kanal, Instagram, karyera sahifangiz yoki tanishlar — barcha arizalarni bitta ro'yxatga yig'adi, baholaydi va bosqichma-bosqich olib boradi.

  • hh.uz otkliklari avtomatik TopKan'ga tushadi

    hh.uz hisobingizni ulaysiz va vakansiyani bog'laysiz — kelgan otkliklar rezyumesi bilan import qilinadi, AI ularni boshqa kanallardan kelganlar bilan bir xil baholaydi.

  • O'zbek tilida, narxlar so'mda

    Interfeys o'zbek, rus va ingliz tillarida. Tariflar so'mda, bosh sahifada ochiq ko'rsatilgan — narxni so'rab yozish shart emas.

  • Telegram orqali ariza

    Nomzod vakansiyaga saytdagi forma orqali yoki TopKan Telegram boti orqali ariza beradi: ism, telefon (Telegram tasdiqlaydi), rezyume — hammasi bot ichida.

  • Rezyumelarni AI baholaydi

    Har bir ariza vakansiya talablariga qarab 0–100 ball oladi: har bir ko'nikma bo'yicha alohida baho, qisqa xulosa va xavf belgilari. Nomzodlar ball bo'yicha saralanadi.

  • Har kanalga alohida havola

    Bitta vakansiyaning Telegram kanal, Instagram, LinkedIn yoki tavsiya uchun alohida havolalari bo'ladi — qaysi kanaldan qancha va qanday nomzod kelgani tahlilda ko'rinadi.

  • Kanban, suhbatlar va xatlar bitta joyda

    Bosqichlar (o'zingiz sozlaysiz), suhbat rejalashtirish va eslatmalar, nomzodga xat yozish, onboarding — Excel va chat yozishmalarisiz.

  • Kompaniyangizning o'z karyera sahifasi

    topkan.uz/<kompaniya>/jobs — logotip va brend rangingizdagi sahifa; vakansiyalar umumiy topkan.uz/jobs ro'yxatida ham chiqadi.

Qachon hh.uz yaxshiroq mos keladi

Sizga katta rezyume bazasidan faol qidirish kerak bo'lsa yoki vakansiyani ko'p odam ko'radigan saytga joylash muhim bo'lsa — hh.uz'dan foydalaning. Ikkalasini birga ishlatish eng qulay: vakansiya hh.uz'da turadi, otkliklar TopKan'ga avtomatik tushadi, TopKan havolasi esa Telegram va boshqa kanallarga tarqatiladi.

Savollar

TopKan hh.uz o'rnini bosadimi?

To'liq emas. hh.uz — nomzodlar o'zi kirib ish qidiradigan katta sayt. TopKan — kelgan arizalarni saralash, baholash va yollash jarayonini yuritish uchun. Ular bir-birini to'ldiradi.

TopKan vakansiyalari qayerda ko'rinadi?

Kompaniya o'zi tarqatgan havolalarda (Telegram, ijtimoiy tarmoqlar), karyera sahifasida va umumiy topkan.uz/jobs ro'yxatida.

Nomzod uchun pullikmi?

Yo'q. Nomzod ariza berish, profil yaratish va ariza holatini kuzatish uchun hech narsa to'lamaydi.

TopKan'ni o'zingiz sinab ko'ring

Ro'yxatdan o'ting, birinchi vakansiyani yarating va havolani ulashing — arizalar kelishi bilan AI ularni baholaydi.

Boshqa taqqoslashlar